Skip to main content
About

About

Join a growing community of researchers and academics publishing high-quality conference proceedings.

Open Access Peer Reviewed

Sarbon University Conference Proceedings — Sarbon universitetida tashkil etiladigan ilmiy konferensiyalar doirasida taqdim etiladigan ilmiy ishlar va tadqiqot natijalarini nashr etish maqsadida tashkil etilgan elektron ilmiy nashr.

Nashr universitetning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, ilmiy ishlanmalarni ommalashtirish hamda professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va yosh olimlar o‘rtasida ilmiy tajriba almashinuvini kengaytirishga xizmat qiladi.

Nashrda konferensiya materiallari muntazam ravishda jamlanib, elektron shaklda ilmiy jamoatchilikka taqdim etiladi.

Sarbon universiteti tomonidan tashkil etiladigan ilmiy konferensiyalar materiallarini nashr etishga mo‘ljallangan elektron ilmiy nashrdir. Nashrda tabiiy va aniq fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar, pedagogika, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot, tibbiyot hamda boshqa ilmiy yo‘nalishlarga oid ilmiy maqolalar, konferensiya tezislari va tadqiqot natijalari jamlanadi.

Nashrning asosiy maqsadi olimlar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, doktorantlar va yosh olimlarning ilmiy ishlanmalarini keng ilmiy jamoatchilikka yetkazish, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish va zamonaviy ilmiy tadqiqotlar natijalarini ommalashtirishdan iborat.

Nashrga taqdim etiladigan materiallar belgilangan ilmiy va tahririy talablar asosida ko‘rib chiqiladi hamda nashrga tayyorlanadi.